O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan barchangizni tabriklaymiz
1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
Qonun qabul qilingan ushbu kun 1992-yildan beri mamlakatimizda milliy va umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
Barcha yurtdoshlarimizni O’zbekiston regbi federatsiyasi nomidan bugungi Konstitutsiya kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz, barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik va osoyishtalik, oilaviy baxt va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!