Andijonda Kubok

Andijonda Kubok

Andijon viloyatida U-14 Kubogi

14 oktyabr kuni Andijon viloyatida regbi-7 bo’yicha Kichik o’smirlar va o’smir qizlar o’rtasida U-14 Kubogi o’tkazildi. Ushbu Kubokda Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri, Andijon, Namangan, Farg’ona, Xorazm va Jizzah viloyatlaridan jamoalar ishtirok etib, musobaqalarda sportchilar o’z iqtidorlarini namoyon qilishdi.

Musobaqa natijalariga ko’ra o’g’il bolalar o’rtasida birinchi o’rinni Xorazm viloyati jamoasi egalladi, ikkinchi o’rinni Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri jamoasi va uchinchi o’rinni Farg’ona viloyati jamoasi egalladi. Qizlar o’rtasida birinchi o’rinni Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri jamoasi, ikkinchi o’rinni Namangan viloyati va uchinchi o’rinni Andijon viloyati jamoasi egalladi. Musobaqa so’ngida g’olib jamoalar medal, diplom va sovg’alar bilan taqdirlanishdi