Angren shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inlari

Angren shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inlari

Angren shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inlari bo’lib o’tmoqda

28 yanvardan 21 fevral kunigacha Angren shahrining OOO RUTB “ Yangiobod” (Dukent) sport bazasida O’zbekiston milliy terma jamoa regbichilari uchun o’quv-mashg’ulot yig’inlari bo’lib o’tmoqda. Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazishdan maqsad, sportchilarni saralash va 8-10 mart kunlari Malayziyaning Sandakan shahrida bo’lib o’tadigan “Boroneo 7s” xalqaro musobaqasiga regbichilarni tayyorlash. Mashg’ulotlarda, erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirok etishmoqda

O’quv-mashg’ulot yig’inlari O’zbekiston regbi federatsiyasining murabbiylari Kulikov Danil Aleksandrovich (erkaklar terma jamoasi murabbiyi) Ivanov Pavel Sergeevich (ayollar jamoasi murabbiyi) hamda Gulomov Asad Avazovich (OFP bo’yicha murabbiy) tomonidan olib borilmoqda.
Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’inlaridan so’ng milliy terma jamoa regbichilari “ Borneo 7’S” xalqaro turnirida ishtirok etish uchun, Malayziyaning Sandakan shahriga yo’l olishadi