Osiyo chempionatining ikkinchi kuni – 5 oktyabr kuni erkaklar terma jamoamiz Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi va Shri-Lanka, ayollar terma jamoasi esa Eron va Shri-Lanka terma jamoalari bilan bahs olib bordi.
Erkaklar terma jamoasi dastlabki o‘yinda Qozog‘istonga qarshi kechgan va 10:5 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu o’yinda Olimjon To’laganov va Ruslan Ibrohimov gol urishga muvaffaq bo’lishdi. Jamoamiz navbatdagi o‘yinda Xitoy Taypeyiga 24:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoamiz Shri-Lankaga qarshi o‘yinda ham 32:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi kungi birinchi o‘yinida Eronni 20:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda Shri-Lanka 21:19 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu o’yinda urinishlar Aynura Abzieva, Barno O’tepboeva va Xonzoda Obidjonovlar hisobiga yozildi.