Asia Rugby EXCO va Council Meeting umumiy yeg’ilishi

Asia Rugby EXCO va Council Meeting umumiy yeg’ilishi

Asia Rugby EXCO va Council Meeting umumiy yillik yeg’ilishi

2023 yil 25-26 noyabr kunlari «CROWNE PLAZA» mehmonxonasining konferentsiya zalida Asia Rugby EXCO va Council Meeting yillik umumiy yeg’ilishlari o’tkazildi. Mazkur yeg’ilishlarda Asia Rugby federatsiyalarining barcha qo’mitalarining 2023 yilda bajarilgan ishlar hisoboti tinglandi. Shuningdek, 2024 yilda bajariladigan ishlar va rejalar muhokama qilindi. Ayniqsa, regbi-7 va regbi-15 bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalarda milliy terma jamoalar ishtirokini ta’minlash, hakamlik va murabbiylik faoliyatlari bo’yicha o’quv kurslarda o’qish hamda Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish kabi masalalarga alohida to’xtalib o’tildi.

Yeg’ilish yakunida Asia Rugby tadbirlarini Toshkent shahrida yuqori saviyada tashkil etilgani munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda O’zbekiston Rugby federatsiyasi raxbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.