16 iyun kuni Zoom platformasida Osiyo regbi musobaqasi menejeri tomonidan tashkil etilgan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda joriy yilning 2-7 iyul kunlari Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilishi rejalashtirilgan regbi-15 bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati 3-divizioni masalalari muhokama qilindi.
Ushbu onlayn yig’ilishda Qozog’iston, Qirg’iziston, Mo’g’uliston, O’zbekiston terma jamoalari vakillari hamda Osiyo regbi xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova