Asia Rugby va RFU o’rtasida o’zaro kelishuv

Asia Rugby va RFU o’rtasida o’zaro kelishuv

Musobaqalar o’tkazish joyi o’zgartirildi

Tegishli manfaatdor tomonlar bilan muhokamalardan so’ng, Osiyo regbi va RFU o’yin joyini dastlab e’lon qilinganidan o’zgartirishga o’zaro kelishib oldilar. Ushbu qaror erkaklar va ayollar jamoalari sonining kutilayotganidan ortishi va barcha ishtirokchilar uchun mos turar joy mavjudligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Ikki kun davom etadigan musobaqa davomida jamoalar shiddatli “pool” o’yinlari va “play-off” bahslarida qatnashadilar. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi musobaqalarning umumiy g’oliblari Parijda bo’lib o’tadigan 39-chi Yozgi Olimpiya o’yinlariga regbi-7 bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmani qo’lga kiritadilar.

Biroq, ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallagan jamoalar uchun o’yinlar shu bilan tugamaydi, chunki ular so’ngi Olimpiya saralash turnirida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar, ular 2024 yilgi Parij Olimpiadasi uchun regbi-7  bo’yicha ajratilgan so’ngi slot uchun 5 ta hududiy jamoalar bilan kurash olib boradilar.

Manba: https://www.asiarugby.com/