Shotlandiyalik Xolli Devidson tez orada tarixda qoladi.
25 iyunga belgilangan Portugaliya va Italiya o’rtasidagi yozgi sinovlar seriyasidagi o’yinlar kechagi kungacha, ya’ni o’yinga hakamlar tayinlash e’lon qilinmaguncha, alohida e’tibor tortmagandi.
Tarixda ilk bor ikki terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yinni ayollar hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Jamoani bosh hakam sifatida shotlandiyalik Xolli Devidson boshqaradi. Unga fransuz ayoli Oleri Grosello va Sara Koks yordam beradi.
Xolli Devidson 2017 yilda Shotlandiyada birinchi professional ayol hakam bo‘ldi. O’shandan beri u Amerika Oliy ligasidagi bir nechta o’yinlarni, shuningdek, Challenj kubogi o’yinlarini boshqarishga muvaffaq bo’ldi. Devidson bu mavsumda ham Birlashgan regbi chempionati o’yinlarida hakam sifatida ishtirok etdi.
Manba: rugger.info