Bolalar uchun amaliy seminar

Bolalar uchun amaliy seminar

Toshkent viloyatida bolalar regbi bo’yicha amaliy seminar

11 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo’l shahar sport maktabi bazasida bolalar regbi bo’yicha amaliy seminar («regbi tayyorgarligi kursiga tayyorgarlik») bo’lib o’tdi. Ushbu seminar Toshkent viloyati regbi Federatsiyasi mutaxassis va murabbiylari tomonidan olib borildi.

Amaliy seminarda, Izmailov Artyom (O’zbekiston Respublikasi yoshlar terma jamoasi murabbiyi), Nafikov Elmar ( Yangiyo’l sport maktabi murabbiyi), To’laganov Olimjon (Jamoaviy sport turlari bo’yicha Respublika mahorat maktabi sportchisi), Jumagulov Abdurasul va Zalyamitdinova Albina ( Angren shahrining №2 sport maktabi murabbiylari) hamda Toshkent viloyati sport maktablaridan sportchilar ishtirok etishdi.