Davlatimiz rahbari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi

Davlatimiz rahbari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi

Davlatimiz rahbari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi

Yig‘ilishda raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida vazirlik va idoralar oldida turgan vazifalar belgilab olindi. Hududlar va tarmoqlar rahbarlari raqamlashtirishda keskin o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, hududlarda 53 ming nafar yoshlarimiz IT bilan mustaqil shug‘ullanib, dasturiy mahsulot yaratayapti. Ularning faoliyatini kengaytirishga turtki beradigan yaxlit tizim yaratish zarurligi ta’kidlandi.

IT park davlat bergan imtiyozni rezidentlarga taqdim qilish bilangina cheklanmay, mahalliy dasturchilarimizni xorijiy kompaniyalarga tanishtirish, ularga katta-katta buyurtmalar olib berishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hokimlarga joriy yilda 30 ming yoshlarni ingliz va nemis tiliga o‘rgatib, ITga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga ko‘rsatma berildi.

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz