Dubayda Asia Rugby yig’ilishi

Dubayda Asia Rugby yig’ilishi

Dubayda Asia Rugby yig’ilishi

Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Dubay shahrida (BAA) Osiyo regbi federatsiyasining (Asia Rugby) Ijroiya  qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo regbi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Qahramon Djalilov ishtirok etdi.

25 iyun kuni ZOOM platformasi orqali Osiyo regbi federatsiyasiga a’zo davlatlar regbi federatsiya  va uyushmalari rahbariyatining yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Osiyo regbi federatsiyasining 2023-yil yarim yil davomida bajarilgan ishlari hamda kelgusida bajariladigan tadbirlar muhokama qilindi. Yig‘ilishni Osiyo regbi federatsiyasining) prezidenti Kais Abdulla Moxsin Moxamed Aldxalay olib bordi.