Xayrli kun, suhbatimizga vaqt ajratganingiz uchun katta rahmat.
O’ylaymanki, o’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot bersangiz, ko’pchilik qiziq
1989 yil Sayxunobod tumanida tug’ilganman, hozirda Guliston olimpiya zaxiralari kollejida Regbi murabbiy vazifasida ishlab kelmoqdaman.
Qaysi yildan buyon murabbiy bo’lib ishlayapsiz?
2020 yildan buyon murabbiy bo’lib ishlab kelmoqdaman
– U-18 musobaqasiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
Tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda, ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
Sportchilarning va shaxsan sizning kayfiyatingiz qanday?
Hozirda jamoamiz va shaxsan ozimni kayfiyatim juda yaxshi chunki mashg’ulotlar juda qiziqarli va mazmunli o’tmoqda.
Ko’proq qaysi talim mussasalardan sportchi qizlar qatnashmoqda?
Deyarli barcha regbi sporti mavjud ta’lim muassasalardan sportchi qizlar ishtirok etadi deb o’ylayman.
Qanday maqsadlar qilgansiz bu turnirga?
Jamoamiz bilan birgalikda yuqori natijalarni ko’rsatib, faxrli o’rinni egallash.
Sizning taxminingizga ko’ra, ushbu turnirda qaysi o’rinni egallaysiz deb o’ylaysiz?
Jamoamiz bilan birgalikda yuqori natijalarni ko’rsatib, faxrli 1-o’rinni egallaymiz degan umiddaman.
Sportchilaringizning jismoniy tayyorgarligi qay darajada deb o’ylaysiz?
Hozirda jamoamizi jismoniy tayyorgarligi yuqori darjada deb o’ylayman. Chunki tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda va ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
Raqib jamolar to’g’risida qanday fikrda siz?
Raqib jamolar juda kuchli jamoalar xisoblanadi va ularga teng bahslar olib borish uchun puxta va yuqori saviyada tayyorgarlik ko’rmoqdamiz.
Qiziqarli suhbatingiz uchun katta rahmat! Kelayotgan turnirda siz va sizning jamoangizga omad va g’alabalar tilayman.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova