30-iyul kuni O‘zbekiston regbi federatsiyasining anjumanlar zalida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Respublikasi qurolli kuchlari vakillari va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofa vazirligi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida regbi o’yinlari jadvalini va ikki tomon o’rtasida shartnoma imzolashni kechiktirish masalasi bor edi. Bu bayonotga koronavirus bilan bog’liq vaziyatning keskin yomonlashishi va Koreya Respublikasida karantin choralarining kuchayishi sabab bo’ldi. Regbi federatsiyasining Janubiy Koreya bilan sport almashinuvi va hamkorlik shartnomasi noma’lum muddatga qoldirildi.