Malayziyada Xalqaro turnir

Malayziyada Xalqaro turnir

Malayziyada Xalqaro turnir

9-10 mart kunlari Malayziyaning Sandakan shahrida regbi-7 bo’yicha «Boroneo sevens» Xalqaro turniri o’tkazildi. Ushbu turnirda, Belgiya, Avstraliya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Yangi Zelandiya va Singapur jamoalari ishtirok etishdi.

Turnirning birinchi kunida O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi DEHLI HURRICANES (Hindiston) klubini 14:12 hisobida va DKI JAKARTA (Indoneziya) 26: 5 hisobida mag’lub etdi, natijada CAVALIERS (Yangi Zelandiya) jamoasiga 36:0 hisobi bilan mag’lub bo’ldi.
O’yinlar jarayonida turnirning barcha ishtirokchilari tomonidan faol tayyorgarlik kuzatildi. Kuchli raqobatga qaramay, birinchi kunda O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi ikkinchi o’rin bilan guruhdan chiqib ketdi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, musobaqaning birinchi kunida O’zbekiston qizlar milliy terma jamoasi BAC SINGAPURE (Singapur), DKI Jakarta (Indoneziya), EAGLES RFC SELECT (Malayziya) jamoalarini mag’lub etdi.

Ikkinchi kuni O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 17:5 hisobi bilan MALAYZIYA UNI jamoasi ustidan g’alaba qozondi. O’z navbatida regbi klublari BORNEO EAGLES (Malayziya) va BRIARS RUGBY (Avstraliya) 43:0 hamda 40:0 hisobida mag’lub bo’ldi.
Ikkinchi kuni ayollar terma jamoasi BRIARS RUGBY (Avstraliya) jamoasi ustidan 12:0 hisob bilan g’alaba qozondi va BORNEO EAGLES (Malayziya) regbi klubiga 35:5 hisobi bilan mag’lub bo’ldi.
Ushbu turnir yakunida O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi to’rtinchi, ayollar terma jamoasi ikkinchi o’rinlarni egallashdi. Ishtirokchilar medallar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.