2024 yil 27 dekabr kuni O’zbekiston Regbi Federatsiyasida Milliy Olimpiya Qo’mitasi raxbariyati bilan uchrashuv o’tkazildi. Ushbu uchrashuvda MOQ birinchi o’rinbosari Otabek Umarov, bosh kotib Oybek Kasimov, rais o’rinbosari Shaxzod Tashmatovlar va Federatsiya ijroiya qo’mitasi hamda milliy terma jamoalarning murabbiylari ishtirok etdi.


Uchrashuvning asosiy mavzusi regbi bo’yicha milliy terma jamoalarni 2025-2028 Olimpiya tsikliga tayyorlash, “Los-Anjeles – 2028” yozgi Olimpiya o’yinlariga litsenziyalarni qo’lga kiritish masalalari. Bundan tashqari regbi bo’yicha erishilgan natijalar va hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar muxokama qilindi.
Milliy olimpiya qo’mitasi raxbariyati O’zbekiston regbi sport turi ommalashtirib, rivojlayotganini xamda Federatsiya tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni bildirdi. Moliyashtirish, yoshlarni jalb qilish xamda horijiy mutahassislarni jalb qilish xamda maxorat-saboqlari, seminarni doimiy o’tkazish massalasiga aloxida to’xtatildi.




Mazkur uchrashuvda kuyidagi savollar muxokama kilindi:
1.Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida barpo etilayotgan sport-sog‘lomlashtirish markazi qurilishini yakunlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur loyihani amalga oshirishda zarur yordam va ko‘mak olish maqsadida O‘zbekiston regbi federatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilinmoqda.
2.Los-Anjelesda 2028 yilgi Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va 2025–2028 yillardagi yangi Olimpiya tsikli uchun byudjetni rejalashtirish. Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati byudjetni optimallashtirish uchun mutaxassis jalb qilishni rejalashtirmoqda. Asosiy e’tibor 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritish maqsadida regbi yettilik bo‘yicha ayollar terma jamoasini tayyorlash va tanlashga qaratilgan.
3.Regbini O’zbekiston xududlarida rivojlantirish. Olimpiya qo’mitasi raxbariyati Xorazm va Namangan viloyatlarida regbini rivojlantirish masalalari yukori darajada ekanligiga alohida etibor qaratdi.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 dekabr “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-sonli Qarori ijrosini ta’minlash.
5.Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xuzuridagi Akademik litsey futbol va regbiga ihtisoslashtirilgan o’yingoxini rekonstruktsiya qilish.

Uchrashuv yakunida belgilangan rejalarni belgilash va ularning bajarilishini monitoring qilish bo’yicha ishchi guruh tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.
.
