Oʻzbekiston regbi federatsiyasining rejalari muhokama qilindi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi sport federatsiya va assotsiatsiyalarining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejalari bilan tanishishda davom etmoqda.
Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida Oʻzbekiston regbi federatsiyaning 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar koʻrib chiqildi. Shuningdek, federatsiya vakillari Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi kutilayotgan asosiy va zaxira tarkib, koʻzlanayotgan natijalar xususida toʻxtalishdi.