Open Central Asia Rugby-7 Championship

Open Central Asia Rugby-7 Championship

Open Central Asia Rugby-7 Championship turniri

25 noyabr kuni O’zbekiston Milliy Universiteti stadionida «Open Central Asia Rugby-7 Championship» turiniri o’tkazildi. Ushbu turnirda Markaziy Osiyo davlatlaridan O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izston dan 100 nafardan ortiq regbichilar ishtirok etishdi. O’yinlar vaqtida jamoalar o’z iqtidorlarini namoyon qilib, faxrli va sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.

Chempionat natijalari:

Erkaklar jamoalari o’rtasida:

1 o’rin- O’zbekiston jamoasi

2 o’rin- O’zbekiston 2 jamoasi

3 o’rin- Qirg’izston jamoasi

Ayollar jamoalari o’rtasida:

1 o’rin- Qozog’iston jamoasi

2 o’rin- O’zbekiston jamoasi

3 o’rin- O’zbekiston 2 jamoasi

Tadbir yakunida g’olib va sovrindorlarga diplom hamda medallarni Asia Rugby federatsiyasi prezidenti Qais Al Dhalai va Asia Rugby federatsiyasining Ijroiya qo’mitasi a’zolari topshirdi