O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!

O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!

O‘zbekiston regbi-15 chempionati yakunlandi!

Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi sport klubi stadionida erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston regbi-15 chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Yarim final bahslari natijalari:

  • Mudofaa vazirligi — Ichki ishlar vazirligi: 79:7
  • Milliy gvardiya — Xorazm: 56:13

Yarim final yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rin uchun bahsda Xorazm va Ichki ishlar vazirligi jamoalari maydonga tushdi. Xorazm regbichilari 35:7 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Final uchrashuvida Milliy gvardiya jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etib, Mudofaa vazirligi jamoasini 49:19 hisobida mag‘lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi.

Chempionat yakuniy jadvali:

  1. Milliy Gvardiya
  2. Mudofaa Vazirligi
  3. Xorazm
  4. Ichki Ishlar Vazirligi

O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi chempion va sovrindor jamoalarni tabriklaydi hamda barcha ishtirokchilarga sport ruhi va yurtimizda regbi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.