O’zbekiston regbi federatsiyasining Buxoroga tashrifi natijalari

O’zbekiston regbi federatsiyasining Buxoroga tashrifi natijalari

Buxoro viloyatida regbini rivojlantirish, shuningdek uni talabalar va maktab o’quvchilari orasida ommalashtirish maqsadida O’zbekiston regbi federatsiyasi Osiyo regbi qo’mitasi vakili ishtirokida Buxoroga tashrif buyirdilar. Avval xabar berganimizdek, Osiyo regbi vakili (Osiyoda regbini rivojlantirish bo’yicha maslahatchi) Benjamin van Royen ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, O’RF tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va kelgusi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida 2020 yil 13 noyabrda Toshkentga keldi.

O’RF delegatsiyasi 2020 yil 17 noyabrdan 19 noyabrgacha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq 20 ta maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun teg-regbi bo’yicha trening o’tkazish uchun Buxoro shahrida bo’ldi. Delegatsiya tarkibiga shuningdek quyidagi federatsiya azolari kirdilar: E. Lebed, D. Kulikov, A. G’ulomov, A. Shirov, B. van Royen – Osiyo regbi qo’mitasi vakili, A. Xamova – regbi bo’yicha O’zbekiston ayollar jamoasining xorijlik murabbiyi.

Safar davomida Buxoro regbi federatsiyasi raisi va bosh kotibi lavozimiga nomzodlar hamda mas’ul tashkilotlar (homiylar) muhokama qilindi. Buxoro regbi federatsiyasi faoliyati va malaka oshirish uchun sport bazasini ajratish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI) sport kafedrasi mudiri Baxrom Ma’murov bilan regbi-7 bo’yicha erkaklar va ayollar jamoalarini tashkil etish to’g’risidagi masalalar 2010 yil 3-apreldagi PKM-122 ga muvofiq muhokama qilindi. Shuningdek, yuqoridagi masalalarni muhokama qilish va hal qilish maqsadida O’RF vakili, Buxoro viloyati bo’yicha kuratori Asad G’ulomov bilan Buxoro viloyati hokimligining mas’ul sport hodimi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.


O’zbekiston regbi federatsiyasi ushbu tashrifni amalga oshirishga hissa qo’shgan tegishli tashkilotlarning mehmondo’stligi va muvofiqlashtirilgan ishi uchun minnatdorchilik bildiradi. Buxoro viloyati Milliy olimpiya qo’mitasi vakili Xusenov Xusenalining zarur uchrashuvlarni tashkil qilishda va yuqoridagi masalalarni hal etishda faol ishtirok etganligini alohida ta’kidlab, minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan