O’zbekiston regbi Federatsiyasi va Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

O’zbekiston regbi Federatsiyasi va Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va O’zbekiston regbi Federatsiyasi rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Universitet o’z tarixida birinchi bor ushbu sport turi bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydigan «Regbi» fakultetini ochdi. Hozirda kirish imtihonlarini topshirib universitetda tahsil olayotgan talabalar soni 21 nafarni tashkil qiladi.

Universitet prorektori K.Bayazitov, sport o’yinlari fakulteti dekani Sh.Tulyaganov va O’zbekiston regbi Federatsiyasining ijrochi direktori R.Nabiev ishtirok etgan suhbat davomida o’zaro hamkorlikning ko’p qirrali masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O’zbekiston regbi Federatsiyasi universitetga Xalqaro regbi kengashi (WORLD RUGBY) tomonidan davlat va rus tillarida o’qituvchilar va talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan kitoblar hamda regbi to’plarini sovg’a qildi.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan