2020 yil 23 dekabr kuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi PQ-4500 «O’zbekiston Respublikasida regbini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarorining tegishli bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston regbi Federatsiyasi Raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Birinchi o’rinbosari Safoev Sodiq Solihovich boshchiligidagi O’zbekiston regbi Federatsiyasining O’zMUga tashrifi amalga oshirildi. Shuningdek, tarkibiga O’zbekiston regbi Federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Djalilov va Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Danil Kulikov ham kirgan O’zbekiston regbi Federatsiyasi delegatsiyasini O’zMU rektori, professor Avazjon Raximovich Maraximov, talabalar, shu jumladan 11 ta jahon chempionlari, 100 ga yaqin Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarning g’oliblari va universitetning boshqa vakillari kutib olishdi. O’zbekiston regbi Federatsiyasi va O’zMU rahbarlari o’rtasida konferentsiya bo’lib o’tdi, unda talabalar va sportchilarni tayyorlash bo’yicha hamkorlikning ko’p qirrali masalalari hamda regbi sportini yoshlar orasida ommalashtirish muhokama qilindi. O‘zMU rektori Avazjon Maraximovning regbini rivojlantirishdagi faoliyati yuqori baholandi, shu jumladan 45 nafar talaba «regbi» bakalavriat yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul qilingani alohida e‘tirof etildi.
Bundan tashqari, talabalar bilan qiziqarli suhbat bo’lib o’tdi, shundan so’ng O’zbekiston regbi Federatsiyasi Raisi Safoev Sodiq Solihovich universitetning Axborot-resurs markaziga kitoblarni sovg’a qildi.
Uchrashuv yakunlari bo’yicha O’zbekiston regbi Federatsiyasi raisi Safoev Sodiq Solihovich va O’zMU rektori, professor Avazjon Maraximov ayollar regbi sportini rivojlantirish, mamlakatning chekka hududlaridan iqtidorli sportchilarni izlash, shuningdek, ularning tarbiyasi va kelajakda Jahon chempionatlari va Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ularda O’zbekiston nomidan ishtirok etishi bo’yicha memorandum imzoladilar.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyatiga delegatsiyamizni iliq kutib olishgani va mamlakatimizda regbi sport turini har tomonlama rivojlantirishda o’z hissasini qo’shayotgani uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi.