O’zMuda talaba-sportchilar bilan seminar
O’zbekiston Milliy Universiteti va O’zbekiston regbi federatsiyasi hamkorligida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetining “Sport faoliyati-regbi” yo’nalishi talabalari uchun seminar o’tkazildi. Ushbu seminarda talaba-sportchilar bilan regbi bo’yicha tashkil etilgan har kunlik mashg’ulotlar, talabalar o’rtasida regbi musobaqalarini o’tkazish tartibi hamda regbi bo’yicha amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu seminar fakultet Dekani Professor V. Raximov, Milliy terma jamoa bosh murabbiyi D. Kulikov, I. Mamajonov va kafedra Mudiri professor I .Aliyevlar boshchiligida 1-3 kurslar ortasida bo’lib o’tdi.