Qizlar turniri o‘tkazildi

Qizlar turniri o‘tkazildi

Joriy yilning 4-5 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashabbusi bilan O‘zbekiston regbi federatsiyasi tomonidan “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 20 yoshgacha o‘smir qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha Toshkent shahar sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining maydonida Respublika turniri o‘tkazildi.

Mazkur turnirda 1-o‘rinni Toshkent shahar terma jamoasi, 2-o‘rinni Namangan viloyati terma jamoasi va 3-o‘rinni Xorazm viloyati terma jamoasi egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi hamda O‘zbekiston regbi federatsiyasi rahbariyati tomonidan medal’, diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.