Regbi-15 bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi-15 bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati yakunlandi

O‘zbekiston chempionati finali bo‘lib o‘tdi

2-may kuni Markaziy harbiy sport klubi stadionida chempionatning final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O’yinlar ShHO va MHSK jamoalari o’rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Uchrashuvda ShHO jamoasi birinchi bo’limning 16-daqiqasida urinishni aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo’ldi. MHSK jamoasi bunga urinish va realizatsiya bilan javob qaytardi. O’yinning 23-daqiqasida MHSK jamoasi sariq kartochka oldi, ammo bu birinchi bo’lim hisobiga ta’sir qilmadi. Jamoalar 7-7 hisobida tanaffusga chiqishdi. Tanaffusdan keyin MHSK jamoasi ikki marta javobsiz urinishlarni amalga oshirdi. ShHO jamoasiga hakam R.Mukumov tomonidan sariq va qizil kartochkalar berildi.
Uchrashuv hisobi 17-7 MHSK jamoasi foydasiga.
Ikkinchi o‘yinni Milliy gvardiya va Xorazm jamoalari o‘tkazdi. Milliy gvardiya jamoasi uchrashuvning 7-daqiqasidayoq urinish bilan hisobni ochdi. 12 va 13-daqiqalarda Xorazm jamoasi hakam A.Izmoilovdan sariq kartochka oldi. Jamoalar muvaffaqiyatlarini mustahkamlashda davom etishdi. Birinchi bo‘lim 35-7 hisobida Milliy gvardiya foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim Milliy gvardiyaning sariq va qizil kartochkalar olishi bilan boshlandi. Jamoalar asta-sekinlik bilan ochkolar to’plashdi. Umumiy hisob 49-24 Milliy gvardiya jamoasi foydasiga.
Chempionat natijalari:
1-o’rin MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)
2-o‘rin ShHO(Sharqiy Harbiy Okrug)
3-o’rin Milliy gvardiya
4-o’rin Xorazm
5-o’rin IIV (Ichki ishlar vazirligi)
G‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlandilar.
24 apreldan 2 may kunigacha Toshkent shahrida regbi-15 bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan