Regbi-7 bo’yicha harbiylar o’rtasidagi chempionat natijalari

Regbi-7 bo’yicha harbiylar o’rtasidagi chempionat natijalari

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o’rtasida regbi-7 bo’yicha chempionat yakunlandi.

29-30 aprel kunlari Mudofaa vazirligi “Sport klubi” majmuasida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o’rtasida chempionat o’tkazildi. Ushbu musobaqada 8 ta harbiy jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa g’olibi “VVO” jamoasi, ikkinchi o’rinni “TVO” jamoasi va uchinchi o’rinni “YUZVO” regbichilari egalladi.