25 iyun kuni Toshkent shahrida Sergeli tumani sport maktabi stadionida regbi-7 bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 3-tur bahslari yakunlandi. Chempionatda 10 ta jamoa ishtirok etdi: 6 ta erkaklar va 4 ta ayollar.
Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi 1-o‘rinni, Xorazm jamoasi 2-o‘rinni va Toshkent viloyati-1 jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Xotin-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin – Qoraqalpog‘iston jamoasi, 2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi – 1, 3-o‘rin – Xorazm jamoasi.