Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining II turi Farg’ona shahrida bo’lib o’tadi

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining II turi Farg’ona shahrida bo’lib o’tadi

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 1 noyabr kuni Toshkentdagi O’zbekiston Milliy universiteti sport stadionida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining birinchi tur oyinlari yakunlandi. Regbi sport turini respublika bo’ylab ommlashtirish maqsadida O’zbekiston regbi federatsiyasi rahbariyati regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining II tur o’yinlarini Farg’ona shahrida o’tkazishga qaror qabul qildi. Ushbu tadbir Farg’ona Davlat Universitetining sport stadionida 2020 yil 13-15 noyabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Federatsiya uzoq muddatli pandemiyadan so’ng sport tadbirlarini bosqichma-bosqich tiklashni va yoshlarni sog’lom turmush tarziga qaytarishni o’ziga asosiy maqsad etib belgilab qo’ygan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan