Avval xabar berganimizdek, 2006-2007-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida regbi-7 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:
Yigitlar orasida: Farg‘ona, Navoiy, Toshkent, Xorazm, Namangan, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyati.
Qizlar orasida: Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Xorazm va Navoiy.
O’yinlar natijalariga ko’ra ushbu chempionatda o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Yigitlar:
1-o‘rin – Toshkent shahri
2-o‘rin – Farg‘ona
3-o‘rin – Namangan
4-o‘rin – Toshkent viloyati
5-o‘rin – Navoiy
6-o‘rin – Samarqand
7-o‘rin – Andijon
8-o‘rin – Xorazm
Qizlar:
1-o‘rin – Namangan
2-o‘rin – Farg‘ona
3-o‘rin – Navoiy
4-o‘rin – Andijon
5-o‘rin – Xorazm
6-o‘rin – Qoraqalpog‘iston
Chempionat yakuniga ko‘ra, sovrindor va g‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova