Hukumatimizning mahsus qaroriga binoan, karantin cheklovlari asta sekin yumshatilayotganini inobatga olgan holda, yurtimizda turli sohalar o’z faoliyatinini 2020 yil 15 avgustdan tiklamoqda. Xususan, karantinning asosiy qoidalari va qoidalariga rioya qilgan holda ochiq havoda va sport zallarida mashg’ulotlarini o’tkazishga ruxsat etildi.
Sportchilarni mushg’ulotlarga kirishshi, ularga avvalgi sport farmasiga qaytishi bilan birga, bo’lajak o’rtoqlik uchrashuvlari va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda, yanada yuqori natijalarga erishshda kata turtki bo’ladi. Takidlab o’tmoq joyizki, barcha jamoaviy sport tadbirlari Sanitariya-epidemiologiya xizmati va O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi talablariga muvofiq o’tkazilmoqda.
Shuningdek, barcha regbichilar pandemiya davrida o’z sog’lig’larini asrash maqsadida, Xalqaro Regbi Kengashining aniq talablariga amal qilishmoqda. Shu munosabat bilan federatsiyaning tajribali shifokorlari har bir o’yinchini mashg’ulotlarni boshlashdan oldin tekshirib ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashmoqda.