2020 yil 17 oktyabr kuni O’zbekiston Milliy Universitetining sport bazasida regbichilarimiz o’quv-mashg’ulot yig’inlarini boshlshdi. Ushbu yig’inlar erkaklar va ayollar jamoalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Saralangan sportchilar yoshlar (U20) o’rtasidagi O’zbekiston regbi-7 chempionatida ishtirok etadi. Yig’inlar 2020 yil 29 oktyabrgacha davom etadi. O’quv-mashg’ulot yig’inlari Janubiy Afrikalik murabbiy Andre Human tomonidan o’tkazilmoqda. Chet ellik murabbiylar tajribasi va ko’nikmalarini sportchilar orasida tadbiq etish, mamlakatimizda regbi rivojlanishining navbatdagi bir bosqichidir.