Sergeli sport maktabida o’quv mashg’ulot yig’inlari

Sergeli sport maktabida o’quv mashg’ulot yig’inlari

Sergeli sport maktabida o’quv mashg’ulot yig’inlari

20 iyuldan 20 avgustgacha Toshkent shahrining Sergeli tumani sport maktabi bazasida, o’gil bolalar o’rtasida o’quv mashg’ulot yiginlari o’tkazilmoqda. Ushbu mashg’ulotlarda 18 yoshgacha bo’lgan, Milliy terma jamoa sportchilari qatnashishmoqda.

O’quv mashg’ulot yig’inlaridan maqsad, joriy yilning 30 sentabrdan 1 oktabr gacha Taoyuan (Taypey) shahrida bo’lib o’tadigan Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik.

Mazkur mashg’ulot yig’inlari, murabbiy Azamat Dadamuxamedov boshchiligida bo’lib, unda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus va Navoiy viloyatlaridan sportchilar ishtirok etishmoqda.