Sirdaryoda chempionat

Sirdaryoda chempionat

Sirdaryoda U-14 chempionati

7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatida regbi-7 bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smir qizlar (U-14) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Chempionatda yosh sportchilar o‘z iqtidorlarini namoyon qilib, g‘olib
jamoalar diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Ushbu chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar, Amudaryo tumani, Navoiy, Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Namangan va Xorazm viloyatlaridan sportchilar ishtirok etishdi.

Chempionat natijalariga ko‘ra:
O‘gil bolalar o‘rtasida birinchi o‘rinni Xorazm viloyat jamoasi qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar jamoasi va uchinchi o‘ringa Farg‘ona viloyati jamoasi ega bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasida:
Birinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar jamoasi, ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani va uchinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.