Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo‘lga qo‘yiladi
Hukumat qarori bilan (309-son, 24.07.2023 y.) “Sportchilarga sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Sport pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.
Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan ko‘rsatiladi.16 yoshga to‘lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.
Sport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo‘lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;
- sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;
- tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;
- sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan yig‘im