Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-tur musobaqasida “O‘zDJTSU-2” ayollar jamoasi treneri Oleg Galkinning Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi o‘yinchisiga nisbatan berilgan noroziligi (protesti) ko‘rib chiqildi.
Tartib-intizom komissiyasining 2023 yil 16 iyundagi qarori bilan musobaqa bosh hakami Rustam Nabievga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi katta treneri Anton Mixaylovga “Ogohlantirish” e’lon qilindi.