Фeдeрация рeгби Узбeкистана

To’raqo’rg’onda U-16 musobaqasi o’tkaziladi

12-13 iyun kunlari Namangan viloyati To’raqo’rg’on shahrining «Yoshlik» stadionida 16 yoshgacha bo’lgan o’g’il-qizlar o’rtasida sportning regbi-7 turi bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tadi. Chempionatda Qoraqalpog’iston, Xorazm, Toshkent, Farg’ona, Namangan, Jizzak, Navoiy, Andijon jamoalari ishtirok etishadi.

Chempionat o’yinlari Youtube ijtimoiy tarmog’i orqali O’zbekiston regbi federatsiyasi kanalida namoyish etiladi.

Bu yerda Telegram kanalidagi Federatsiya yangiliklarini kuzatib boring.