Xabaringiz bor, 6-13-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi “Humo Arena” saroyida tarixda ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o’tmoqda.
5-oktyabr kuni musobaqaga onlayn ravishda qur’a tashlandi. Marosim Xalqaro dzyudo federasiyasi talablariga mos ravishda o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Xalqaro dzyudo federasiyasi prezidenti Vizer Marius, Xalqaro dzyudo federasiyasi vise-prezidenti, Osiyo dzyudo birlashmasi prezidenti Obayd Al-Anzi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federasiyasi raisi Azizjon Kamilovlar ishtirok etishdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra terma jamoamiz vakillari va ularning raqiblari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:
Ayollar:
-48 kg: Xalima Qurbonova – Merve Azak (Turkiya);
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Sumiya Iraoui (Marokash);
-52 kg: Sita Kadambayeva – Yoana Diogo (Portugaliya);
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova – Rafayela Silva (Braziliya);
-57 kg: Shukurjon Aminova – Adina Kochkonbayeva (Qirg‘iziston)/Mimi Huh (Janubiya Korea);
-63 kg: Sevinch Isoqova – Azhar Isayeva (Qirg‘iziston);
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Chantal Rayt (AQSH);
-70 kg: Shohista Nazarova – Yu-Jung Liao (Xitoy Taypeyi);
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Bita Pasut-Klojko (Polsha).
Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Mohamad Akkash (IJF jamoasi);
-66 kg: Sardor Nurillayev – Bogdan Yadov (Ukraina);
-73 kg: Shahram Ahadov – Dominik Rodriges (AQSH);
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Faye Njiye (Gambiya);
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Fransua Gote-Drapo (Kanada)/Somon Mahbadbekov (Tojikiston);
-90 kg: Davlat Bobonov – Peter Jilka (Slovakiya)/Robert Florentino (Dominikan);
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Adam Smit (AQSH);
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov – Yakov Xammo (Ukraina);
+100 kg: Alisher Yusupov – Yerassil Kajbayev (Qozog‘iston).
Aralash jamoaviy bahslarda esa O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi va dastlab Avstriya terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqadigan bo‘ldi. Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi esa keying bosqichda Isroil termasiga qarshi bahs olib boradi.
Manba: minsport.uz