Toshkent viloyatida o’quv-mashg’ulotlari

Toshkent viloyatida o’quv-mashg’ulotlari

Oliy sport mahorati maktabi rahbariyati regbi bo‘yichao‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahridagi “Yangiobod” sport bazasida regbi bo‘yicha milily terma jamoa a’zolari bilan olib borilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari “Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi” direktori Akramov Jasur Anvarovich tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quv-mashg‘ulotlari oldida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni, shu jumladan trenerlik shtabi tomonidan tasdiqlangan reja asosida regbichilarning texnik-taktik va jismoniy tayorgarligini yanada mustahkamlash hamda o‘yin mahoratini oshirish masalalari muhokama qilindi.