Toshkent viloyatida regbi-15 Kubogi

Toshkent viloyatida regbi-15 Kubogi

Yangiyo’l shahrida regbi-15 bo’yicha Toshkent viloyati Kubogi

2 dekabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo’l shahar sport maktabi o’yingohida regbi-15 bo’yicha “Toshkent viloyati Kubogi” musobaqasi o’tkazildi. Mazkur musobaqada “Zvezda” regbi klubi, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi regbi jamoasi, Universitet regbi klubi, Toshkent viloyati Milliy Gvardiya boshqarmasi regbi jamoasi qatnashdi.

Natijalar:
1- o’rin “Zvezda” regbi klubi
2- o’rin Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi regbi jamoasi
3- o’rin “Universitet” regbi klubi
Ushbu musobaqalar regbini yanada ommalashtirish, regbi-15 sport turi bilan yoshlar va xarbiy xizmatchilarni doimiy shug’ullanishga yo’naltirilgan edi. Musobaqa yakunida g’olib va sovrindorlar Toshkent viloyati regbi federatsiyasi tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. G’olib jamoaga esa “Toshkent viloyati Kubogi” topshirildi.