Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston Regbi federatsiyasi raisi Safayev Sodiq Solihovich tavallud topgan kunini nishonlamoqda.
Yuqori professionallik, ijodiy fikrlash, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga nisbatan talabchanlik, kelajakni ko‘ra bilish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorlik tufayli O‘zbekistonda ham, jahon miqyosida ham regbi rivoji yuqori bosqichga ko‘tarilib, bugungi kunda yaxshi natijalarga erishmoqda.
O’zbekiston regbi Federatsiyasi sportchilari, murabbiylari va barcha xodimlari Sodiq Salihovichni tug’ilgan kunlari bilan samimiy tabriklaydi. Ularga mustahkam sog’liq, O’zbekistonda regbi rivojlanishida samarali mehnat qilishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
O’zbekiston Respublikasi regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova