Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport o‘quv markaziga kirish imtihonlari

Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport o‘quv markaziga kirish imtihonlari

2024/2025 o‘quv yili uchun Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv markazining «Regbi» bo‘limi tashkil etildi. Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga 1-kursga 49 nafar abituriyent o‘qishga kirdi: Olimpiya sport turlari bo‘limiga 37 nafar va Paralimpiya sporti bo‘limiga 12 nafar. Imtihonlar YouTube platformasida jonli efirda namoyish etildi.

Joriy yilning 26-avgust kuni Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining “Regbi” bo‘limiga kirish maqsadida kasbiy-ijodiy imtihon sinovlari o‘tkazildi. Kasbiy-ijodiy imtihonlar, Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining “Regbi” bo‘limida o‘qish istagini bildirgan Xorazm viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi sport maktablarida regbi bilan shug‘ullanib kelayotgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tanlov asosida bo‘lib o‘tdi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini mufavvaqiyatli topshirgan 5 nafar sportchi-o‘quvchilar Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining “Regbi” bo‘limiga 5-sinfiga qabul qilindi.