Xorazm viloyatida o’quv-mashg’ulotlar yig’ini

Xorazm viloyatida o’quv-mashg’ulotlar yig’ini

Xorazm viloyatida o’quv-mashg’ulotlar yig’ini

10 yanvar kuni Xorazm viloyati, Bog’ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha Davlat Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida regbi-7 bo’yicha o’quv mashg’ulotlar yig’ini boshlandi.

Ushbu o’quv-mashg’ulotlar yig’inidan maqsad 2025 yil Toshkent shahrida bo’lib o’tishi kutilayotgan Yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko’rish, hamda regbi bo’yicha yoshlar milliy terma jamoalariga iqtidorli yosh sportchilarni saralash. Mashg’ulotlar O’zbekiston regbi federatsiyasining xorijiy trener-maslahatchisi Human Andre, yoshlar milliy terma jamoasi katta treneri Lebed Yegor va Xorazm viloyati katta treneri Jumaniyozov Maqsudbek tomonidan olib borilmoqda. O’quv-mashg’ulotlarida  Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan 30 nafardan ortiq 2008-2009 yilda tug’ilgan sportchilar  ishtirok etishmoqda.

Mashg’ulotlar 31 yanvar kunigacha davom etadi.