Xorazm viloyatida uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-23 iyun kunlari O‘zbekiston regbi federatsiyasi rahbar xodimlari tomonidan reja-jadval asosida xorazm viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida Urganch Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida olib borilayotgan mashg‘ulot jarayoni hamda Yangiariq va Shovot tumanlarining chekka hududlarida regbi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘limlar o‘rganildi.
Shu bilan birga, Yangiariq va Shovot tumanlarining chekka hududlarida mahorat-saboqlari (master-klass) va mashg‘ulot o‘yinlari tashkil etilib, yosh sportchilar tomonidan ko‘rsatilgan natijalariga ko‘ra viloyat terma jamoasi zaxirasiga tanlab olindi.
Xizmat safari davomida Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi rahbariyati bilan qilingan ishlar muhokama qilinib, kelgusida bajariladigan vazifa va rejalar belgilab olindi.