“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

Joriy yilning 25-iyun kuni mamlakatimizda “23-iyun – Xalqaro Olimpiya kuni” va “30-iyun Yoshlar kuni” ga bag’ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o’tkazildi. Yurtimizning 16 ta hududlarini qamrab olgan ushbu tadbir Toshkent shahrida ham yuqori saviyada o’tkazildi. Toshkent shahrida musobaqa 3 va 10 km masofalarda tashkil etildi va respublika bo’yicha 100 mingdan ortiq ishtirokchi qamrab olingani maʼlum boʻldi.

Mazkur tadbirda O’zbekiston regbi federatsiyasi xodimlari va Toshkent shahar sport o’yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi “Regbi” bo’limi trener va yosh sportchilari ishtirok etishdi.