Yaponiya bosh vaziri 2021 yilgi Olimpiadani o’tkazishga ishonishini aytdi

Yaponiya bosh vaziri 2021 yilgi Olimpiadani o’tkazishga ishonishini aytdi

Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga 2021 yil yozida Tokioda Olimpiya o’yinlarini o’tkazish niyatida ekanligini e’lon qildi, «Reuters» xabar bermoqda.

«Men sizni ishontirib aytmoqchimanki, Olimpiada keyingi yil bo’lib o’tadi», Yaponiyaning bosh vaziri eng yirik axborot agentligi Kyodo News bilan suhbatda dedi.

Oldinroq Yoshihide Suga Xalqaro Olimpiya qo’mitasining prezidenti Tomas Bax bilan telefon orqali muloqotlar o’tkazgani ma’lum bo’ldi. Ular Olimpiadaga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

Tokio o’yinlari 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha davom etishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ular bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo’lib o’tadi. Shu bilan birga, Tokio-2020 Olimpiadasi nomi ham saqlanib qoladi.

Manba: www.olympic.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan