Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo’lib o’tdi

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo’lib o’tdi

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo’lib o’tdi

Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Soha uchun mas’ul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim o‘rinbosarlari bor. Lekin ta’lim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda kamchiliklar yo‘q emas.

Masalan, maktabgacha va maktab ta’limida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emas.

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlari maktabda ma’naviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘lmoqda.

Shu bois, o‘tgan hafta maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Ularning oldiga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha maktablarga yangi muhit olib kirish vazifasi qo‘yildi.

Manba: https://t.me/Press_Secretary_Uz