Ziyoviddin Bositovich tavallud kuningiz bilan!

Ziyoviddin Bositovich tavallud kuningiz bilan!

O‘zbekiston regbi federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi boshqaruvi raisi Badriddinov Ziyoviddin Bositovichni tug’ilgan kunlari bilan tabriklaydi!

Ziyoviddin Bositovichning tashabbusi va qo’llab-quvvatlashi tufayli har yili 8 mart kuni ayollar jamoalari o’rtasida regbi-7 bo’yicha Respublika turniri o’tkaziladi. O’zRTXAB boshqaruvi raisi nafaqat O’zbekistonda, balki Osiyoda ham regbini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.

Sizga uzoq umr, mustahkam sog’lik, farovonlik, mo’l-ko’lchilik, baxt va omad tilaymiz!

Har bir kuningiz rejalashtirgan maqsadlaringizni amalga oshirishga, ishlaringizning muvaffaqiyati va rivojlanishiga olib kelsin!

Yaqinlaringiz va oilangiz bilan baxtli bo’ling!