8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi.

2022-yil 4-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi. Turnir O‘zbekiston viloyatlaridan kelgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Turnirda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shaharlaridan jamoalar ishtirok etmoqda. Jamoalar dumaloq tizimda o’ynaydi (har biri bilan). Shunday qilib, har bir jamoa 7 tadan o’yin o’tkazadi.

Ushbu turnirning maqsadi regbini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, qizlarni regbiga jalb qilishdir. Turnir yakunlariga ko‘ra regbi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga sportchilar tanlab olinadi.

Turnirning birinchi kunida 15 ta uchrashuv o‘tkazildi.

Xorazm29–0Sirdaryo
Navoiy5–5Farg‘ona
Toshkent5–10 Andijon
Namangan15–0Qoraqalpog’iston
Xorazm43–0Farg’ona
Toshkent27–0Sirdaryo
Namangan31–0Andijon
Qoraqalpog’iston26–0Navoiy
Sirdaryo10–5Farg‘ona
Xorazm50–0Andijon
Toshkent20–10Navoiy
Namangan40–7Farg’ona
Xorazm33–0Toshkent
Andijon0–24Qoraqalpog’iston
Sirdaryo44–0Namangan

Ertaga (5-mart) jamoalar musobaqada o‘z kurashlarini davom ettiradilar. Turnirning ikkinchi kuni Namangan va Navoiy jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Barcha regbi muxlislarini ishtirok etishga taklif qilamiz.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova