8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi.

2022-yil 4-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan regbi-7 bo‘yicha ochiq turnir boshlandi. Turnir O‘zbekiston viloyatlaridan kelgan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Turnirda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shaharlaridan jamoalar ishtirok etmoqda. Jamoalar dumaloq tizimda o’ynaydi (har biri bilan). Shunday qilib, har bir jamoa 7 tadan o’yin o’tkazadi.

Ushbu turnirning maqsadi regbini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, qizlarni regbiga jalb qilishdir. Turnir yakunlariga ko‘ra regbi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga sportchilar tanlab olinadi.

Turnirning birinchi kunida 15 ta uchrashuv o‘tkazildi.

Xorazm290Sirdaryo
Navoiy55Farg‘ona
Toshkent510 Andijon
Namangan150Qoraqalpog’iston
Xorazm430Farg’ona
Toshkent270Sirdaryo
Namangan310Andijon
Qoraqalpog’iston260Navoiy
Sirdaryo105Farg‘ona
Xorazm500Andijon
Toshkent2010Navoiy
Namangan407Farg’ona
Xorazm330Toshkent
Andijon024Qoraqalpog’iston
Sirdaryo440Namangan

Ertaga (5-mart) jamoalar musobaqada o‘z kurashlarini davom ettiradilar. Turnirning ikkinchi kuni Namangan va Navoiy jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan boshlanadi. Barcha regbi muxlislarini ishtirok etishga taklif qilamiz.

O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova

Het is verkrijgbaar in merk- en generieke vorm. U kunt het online en in apotheken kopen Bimatoprost.