15 martdan boshlab regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston kattalar o‘rtasidagi terma jamoasi Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Taldiqo‘rg‘on shahrida qizg‘in mashg‘ulotlarni boshladi.




O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 01/308-A/F-sonli buyrug‘iga asosan regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni boshladi. Yig‘in Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Taldiqo‘rg‘on shahridagi sport bazasida 2025-yilning 15-29-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yig‘in bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lib, jismoniy va taktik tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Yig’in 29 martga qadar davom etadi.
Yig‘indan ko‘zlangan maqsad 19-20 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Borneo 7s” xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.
