Regbi-7 bo‘yicha U-15 o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Andijon viloyati birinchiligi bo‘lib o‘tdi.





2025-yil 15-mart kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi sport maktabi stadionida regbi-7 bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Andijon viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda Andijon viloyatining shahar va tumanlari jamoalari ishtirok etdi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Qizlar:
- 1-o’rin Buloqboshi tumani
- 2-o’rin Bo’ston tumani
- 3-o’rin Izboskan tumani
O’smirlar:
- 1-o’rin Buloqboshi tumani
- 2-o’rin Bo’ston tumani
- 3-o’rin Qo’rg’ontepa tumani
